Santexnika-chilangarlik ustasi kasbida:
- Chizma blan ishlash;
- Polietilen turbani to‘g‘ri ulash;
- Plastmassa quvurlarga shakl berish;
- Cho‘yan quvurlarni plastmassa quvurlarga o‘tkazish;
- Kanalizasiya tizimi quvurlarini yotqizish;
- Nazorat-o‘lchov asboblarini o’rnatish;
- Metallarning kesish qismini belgilash, metallarni zubilo bilan kesish;
- Kanalizasiya tizimi qurilmalari va jihozlari nosozliklarini aniqlash, ularni bartaraf qilish;
- Berkituvchi-saqlovchi klapanlar, bosim sozlagichlarini ta’mirlash va ulardan foydalanish;
- Gidrostrelka va kollektr ulash;
- Gaz kalonkasi va ariston o’rnatish usullar;
- Santexnika qurilmalari va jihozlarini ta’mirlash; Qurilish va arxitektura chizmalarini o‘qish hamda chizish;
- Ikki konturli isitish qozonini o’rnatish kabilar o‘qitiladi.
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Santexnika va chilangarlik sohasini o‘rganishdan asosiy maqsad avvalambor aholini ozodalik, xotirjamlik va qulaylik bilan ta’minlashdir. Bu kasbning egasi bo‘lish faqatgina daromad topish uchungina emas, balki uy sharoitidagi noqulay holatlarni ham oldini olish imkoniyatini beradi.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
Santexnik so‘zi ‘‘sanitariya texnigi’’ so‘zidan olingan bo‘lib, ‘‘tozalik texnigi’’ degan ma’noni anglatadi. Bu kursda tinglovchilarga suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari, isitish uskunalari, issiq suv bilan ta’minlash texnologiyasi kabi ko‘nikmalar yuqori sifatda, malakali muhandis-usta tomonidan o‘rgatiladi. Shuningdek, issiqlik ta’minotida ishlatiladigan barcha kommunikatsiya jihozlari bilan malakali ishlash, ta’mirlash, santexnika jihozlarini yasash va texnika hamda qo‘l yordamida o‘rnatishlarni qisqa muddatda malakali o‘rgatishni o‘z ichiga oladi
Kurs sizga nima bera oladi?
Kurs tinglovchilarga yuqori santexnik mahorat, kelajakda daromadli ish, xonadonlarga ozodalik va xotirjamlik beradi. Texnik sohalar ichida ushbu soha mutaxassislari mahalliy hamda jahon mehnat bozorida alohida o‘rin tutadi va bu bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishiga yuqori motivatsiya beradi.






