Искать:

Bizning Maqsadimiz MaqsadimizMaqsadimiz

Ishsiz va band bo'lmagan fuqarolarga 24 turdagi zamonaviy kasblar, Ingliz, Nemis va Rus tillari hamda tadbirkorlik sirlarini qisqa 2-3-4 oy muddatda BEPUL o'rgatish orqali bandlik, migratsiya xizmatlarini ko'rsatish.

Sifatli ta'lim

Siz o'zingizni qiziqtirgan soha bo'yicha o'quv kurslarimizni tanlang va kasbiy ko'nikmalar markazida bepul va sifatli ta'lim oling.

Sertifikat

Kasbiy ko'nikmalar markazida qisqa muddatli kurslarni yakunlagan fuqarolarga o'rta-maxsus kasb-hunari kollejlari diplomiga tenglashtirilgan SERTIFIKAT beriladi.

Xorijiy tillarni o'rganing

Bizda kasb mutaxassisligidan tashqari Jahon mehnat bozorida eng talabgir xorijiy tillar: Ingliz, Rus va Nemis tillari ham to'lovlarsiz o'rgatiladi.

Telegram kanalimizga ham obuna bo‘ling va yangliklarni kuzatib boring!

🇷🇺 Rossiyaga vizasiz kirish bo‘yicha yangi qoidalar!

Hurmatli fuqarolar!
Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kiruvchilar uchun yangi tartib joriy qilindi.

Endilikda:
📌 Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
📌 Rossiyaga kirishdan 72 soat oldin, favqulodda holatlarda esa 4 soat oldin maxsus “RUID” mobil ilovasi orqali kirish arizasini yuborish shart.
📌 Ilova 2025-yil 23-iyundan boshlab faol.

🔗 Qo‘shimcha ma’lumot va video yo‘riqnomalarni quyidagi havolalarda ko‘rishingiz mumkin:

VK: https://vkvideo.ru/video-73442711_456239767
YouTube: https://youtu.be/eNCLxlFKyhM
Rutube: https://mtube.ru/video/lf74901679606fc7ccf856e54b5fl479
Rasmiy sayt: https://www.gosuslugi.ru/landing/new_entry_rules

‼️ Eslatma: Bu tartib Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi migratsiya bo‘yicha idoralararo kelishuv asosida joriy etilgan.

🇩🇪 Nemis tili tinglovchilari bilan uchrashuv

📍Samarqand shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida Samarqand viloyati Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i keldi.

🗣 Uchrashuv davomida markazdagi nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida xorijda mehnat qilish imkoniyatlari, migratsiya jarayonlari va qonuniy mehnat muhojirligi borasida muhim ma’lumotlar berildi.

📚 Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va nemis tilini o‘rganish orqali kelajakdagi rejalari borasida fikr almashdilar.

✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilimga, kasbga va chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

📍 Samarqand shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🩺 Bugun markazimizda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va OITS (OIV/VICh) infeksiyasining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

👩‍⚕️ Mutaxassislar tomonidan:
🔹 OITS kasalligining tarqalish yo‘llari,
🔹 Uning oldini olish choralari,
🔹 Doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati,
🔹 Jamiyatda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

👨‍🏫 Uchrashuvda markaz hodimlari hamda tinglovchilari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.