Искать:
🇷🇺 Rossiyaga vizasiz kirish bo‘yicha yangi qoidalar!

Hurmatli fuqarolar!
Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kiruvchilar uchun yangi tartib joriy qilindi.

Endilikda:
📌 Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
📌 Rossiyaga kirishdan 72 soat oldin, favqulodda holatlarda esa 4 soat oldin maxsus “RUID” mobil ilovasi orqali kirish arizasini yuborish shart.
📌 Ilova 2025-yil 23-iyundan boshlab faol.

🔗 Qo‘shimcha ma’lumot va video yo‘riqnomalarni quyidagi havolalarda ko‘rishingiz mumkin:

VK: https://vkvideo.ru/video-73442711_456239767
YouTube: https://youtu.be/eNCLxlFKyhM
Rutube: https://mtube.ru/video/lf74901679606fc7ccf856e54b5fl479
Rasmiy sayt: https://www.gosuslugi.ru/landing/new_entry_rules

‼️ Eslatma: Bu tartib Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi migratsiya bo‘yicha idoralararo kelishuv asosida joriy etilgan.

🇩🇪 Nemis tili tinglovchilari bilan uchrashuv

📍Samarqand shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida Samarqand viloyati Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i keldi.

🗣 Uchrashuv davomida markazdagi nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida xorijda mehnat qilish imkoniyatlari, migratsiya jarayonlari va qonuniy mehnat muhojirligi borasida muhim ma’lumotlar berildi.

📚 Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va nemis tilini o‘rganish orqali kelajakdagi rejalari borasida fikr almashdilar.

✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilimga, kasbga va chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

📍 Samarqand shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🩺 Bugun markazimizda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va OITS (OIV/VICh) infeksiyasining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

👩‍⚕️ Mutaxassislar tomonidan:
🔹 OITS kasalligining tarqalish yo‘llari,
🔹 Uning oldini olish choralari,
🔹 Doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati,
🔹 Jamiyatda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

👨‍🏫 Uchrashuvda markaz hodimlari hamda tinglovchilari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

Turkiya Jumhuriyati Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi xodimlarining ta’lim markazi xodimlari Samarqand shahri kasbiy ko‘nikmalar markazida

Joriy yilning 1-may kuni, Turkiya Jumhuriyati Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi xodimlarining ta’lim markazi direktori Elif GOKCEARSLAN boshchiligida mehmonlar Samarqand shahri kasbiy ko‘nikmalar markazida bo‘ldi. Uchrashuv davomida mehmonlar markazning o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar markaz faoliyatiga yuqori baho berib, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar va metodik yondashuvlarni e’tirof etishdi

Germaniyaning «GOETHE» instituti «Nemis tili madaniyati»markazi vakillarining markazimizga tashrifi.

Joriy yilning 6-fevral kuni Samarqand shahridagi kasbiy ko’nikmalar markaziga Germaniyaning «GOETHE» instituti «Nemis tili madaniyati» markazining vakillari tashrif buyurishdi. Mehmonlar markazda taxsil olayotgan yoshlar bilan tanishib, ular urganib kelishayotgan kasblarga qiziqish bildirishdi. Shu bilan birga, markazimizda nemis tili darslariga va Germaniyaga ishga ketishga tayyorgarlik ko’rib nemis tilini o’rganayotgan talabalar bilan tanishdilar.

Elektrik kasbi bitiruvchilarining taqdirlash marosimi!

Samarqand shahridagi » Ishga marhamat » monomarkazida «Hududiy elektr tarmoqlari» Samarqand hududiy filiali talabiga asosan ikki tomonlama tuzulgan qo’shma dastur asosida »Elektromontyor» kasbi bo’yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan edi. Ushbu dastur asosida o’quv kursini muvofaqqiyatli tugatgan fuqarolarga davlat na`munasidagi Sertifikatlar topshirildi