Payvandlash ustasi kasbida:
- Gaz payvandlash apparatlari, gaz generatorlari, kislorod va asetilen ballonlari;
- Polietilen turbani to‘g‘ri ulash;
- Payvandlash mash’alalarining tuzilishi va ishlash prinsipi;;
- Payvandlash va payvandlash turlari;
- Payvandlash uchun xom-ashyolarni tayyorlash;
- Payvandlash uchastkalarning turlari va chizmalardagi choklarning belgilanishi;
- Payvandlash jarayonida ishlatiladigan gaz va suyuqliklarni saqlash qoidalari va ularning asosiy xususiyatlari;
- Payvandlash paytida kelib chiqadigan nuqsonlarning sabablari;
- Gaz olovining xususiyatlari, silindrlarning rangi;
- Shuningdek, sohaning payvandlash jarayonida elektr xavfsizligi, payvandlash ishi, payvandlash texnologiyasi va metallni raqamli kesish bo’yicha bilimlar beriladi va operatorlar tayyorlanadi.
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Respublikamizda yirik sanoat korxonalari va erkin
iqtisodiy zonalar barpo etilmoqda. Shunday ekan,
payvandchi ustalarga talab oshib bormoqda. Shuning
uchun, bu kursni o‘rganish ishsiz va band bo‘lmagan
aholini jalb qilmay qolmaydi.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
Siz bu kursda umumiy payvandlash ya’ni elektr yoy
payvandlash, yarim avtomatda payvandlash, gaz alangasi
yordamida payvandlash va argon payvandlash turlarini
o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari,
metallarga ishlov berish, tadbirkorlik asoslari bilan
birgalikda rus va ingliz tillari ham o‘rgatiladi.
Kurs sizga nima bera oladi?
Bu kursni tamomlaganingizdan so‘ng:
- Yaxshi kasb egasi bo‘lasiz;
- Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lasiz;
- Chet davlatlarda ham yuqori maosh olib ishlashingiz
mumkin bo‘ladi; - Nafaqat xususiy va davlat korxonalarida, balki, o‘z
tadbirkorlik faoliyatingizni boshlagan holda mehnat
karyerangizni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.




