Искать:

Neyl stilist kasbida:

  • Manikyur va pedikyur texnologiyasi;
  • Tirnoqlarni lakda bo’yash;
  • Qo‘llarni parvarish qilishning asosiy usullari;
  • Tirnoqlarni modellashtirish;
  • Neyl-stilist dizayni yaratishda individual tartibda yondashish;
  • Mijozning istaklarini tinglash;
  • Doimo o‘zgarib turadigan moda tendensiyalarini hisobga olish;
  • Klassik manikyur;
  • Appratali manikyur;
  • Yevropa uslubidagi manikyur;
  • Kombinasiyalashgan manikyur;
  • Tirnoq kasalliklarini aniqlash va uni davolash;
  • Parafinoterapiya;
  • Nozik tirnoqlarni mustahkamlash;
  • Sun’iy o‘stirilgan tirnoqlarni olib tashlash tartibi;
  • Tirnoqlar dizayni;
  • Klassik pedikyur;
  • Oyoqlar massaji;
  • Apparatli pedikyur;
  • Qo‘llar massaji kabi O’quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘rgatiladi.

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Hozirgi kunda go‘zallik dunyosida maniykur va pedikyur ustalariga talab katta va dizayn va qo‘l parvarishiga oid yangi usullar o‘ylab topilmoqda. Ushbu kursni o‘rganish orqali neyl stilistikasi sohasining yuqori malakali mutaxassisiga aylanish mumkin. Shu o‘rinda, shuni ta’kidlash o‘rinli bo‘lardiki, mehnat bozori talabi bu kasb egalariga nisbatan yuqori va ushbu talab ijobiy motivatsiya bera oladi.

O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?

Neyl stilist-tirnoqlarda o‘ziga xos dizaynlarni yaratadigan, ko‘p qirrali manikyur ustasi. Bu kasb nozik tirnoq va qo‘llar parvarishini o‘rgatish bilan birga, sun’iy tirnoqlarni gel va akrigel yordamida o‘stirishni, gel-laklar yordamida tirnoqlarda go‘zallik yaratishni, shu bilan birga pedikyur ya’ni oyoq parvarishini to‘g‘ri amalga oshirish kabi ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi.

Kurs sizga nima bera oladi?

Neyl stilist kasbiga o‘rgatishning qisqa muddatligiga qaramay, tinglovchining manikyur ustasi sifatida ishlashi uchun yetarli bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kafolatlanadi. Kurs yakunida bitiruvchilar manikyur va pedikyur neyl stilisti kasbining malakali egasi va tirnoq dizayni, qo‘l parvarishiga oid to‘liq bilimga ega bo‘lishadi. Bitiruvchilarning tadbirkorlik salohiyatidan kelib chiqib, o‘z biznes faoliyatlarini boshlashlari uchun ham to‘liq yo‘riqnomalar beriladi.