Искать:

Oshpazlik kasbida:

  • Ish o‘rinlarida umumiy va shaxsiy sanitariya-gigiena  qoidalariga amal qilish;
  • Taom tayyorlash ishlarida foydalaniladigan xom-ashyo va mahsulotlarni tanlash;
  • Pazandachilik va milliy  taomlarni  tayyorlash  jarayonida samarali usullarni hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash;
  • Sabzavotlarni turlarini va ularga  dastlabki ishlov berish qoidalari;
  • Baliq, go‘sht, parranda, quyon go‘shtlari turlarini va ularga  dastlabki ishlov berish qoidalari;
  • Don, dukkaklilar, makaron mahsulotlari, tuxum va tvorog mahsulotlari turlarini hamda ularga  dastlabki ishlov berish qoidalari;
  • Qaynatmalar, murakkab bo‘lmagan pazandachilik suyuq taomlari;
  • Qo‘lda va mashinada bajariladigan ishlarning tasniflanishi;
  • Sardak va garnirlar tayyorlash texnologiyasi;
  • Yaxna, shirin taom  va ichimliklarni tayyorlash texnologiyasi kabi kasb sir-asrorlari o‘rgatiladi.

Qandolatchilik kasbida:

  • Keks, xamirli ovqatlar va burama pechenielarni ishlab chiqarish;
  • Siroplar va kremlarni tayyorlash;
  • Qatlamali xamirlar kattaligi bo’yicha diametr ochish;
  • Qo‘lda yoki mashina yordamida tortlar ustini qalinligini inobatga olib krem bilan to‘ldirish va yopish;
  • Qandolat mahsulotlarining ayrim turlari uchun yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash;
  • Qo‘lda xamir yoyish texnologiyasi;
  • Maxsus qolipga solib beruvchi konveyerli mashinaning ishlash prinsiplarini bilish;
  • Shakl berilgan  mahsulotni maxsus qolipga solib beruvchi konveyerli mashinadan chiqirib, tokchalarga solib sovitish jarayonlari bo’yicha bilim beriladi.

Nima uchun ushbu kursni o’rganish kerak?

Oshpazlik kursi  oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri ishlov berishni, ularning tarkibiy qismlarini, vitaminlarini minerallarini va barcha kerakli ozuqaviy moddalarni saqlab qolgan holda pishirish usullarini o‘rgatadi.

O’quv kursi o’z ichiga nimalarni oladi?

Oshpazlik kursida gazaklar, yog‘li, soyali, sabzavotli, mevali salatlarning turli xil assortimentini suyuq taomlar rassolnik, qaynatma sho‘rva hamda chet el milliy taomlari, go‘sht (mol, qo‘y, buzoq, parranda va baliq) lardan kotlet, bitochki, steyk, zrazi kaboblar, turli xil taomlar va ichimliklar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. 

Kurs sizga nima bera oladi?

Oshpazlik kursini yakunlagan tinglovchilar o‘zbek milliy va xorijiy davlatlarining taomlarini mustaqil tayyorlay oladi va mustaqil taomnoma tuza oladi. Oshpazlik sohasida o‘z bizneslarini mustaqil yo‘lga qo‘ya oladi, hamda turli xil xizmat ko‘rsatish korxonalar (restoran, bufet, oshxona kafelar)da va yana xorijda raqobatbardosh oshpaz bo‘lib ishlashi mumkin.