Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish kasbida:
- Ichki yonuv dvigatellari va unga texnik xizmat ko’rsatish;
- Avtomobil shassi va unga texnik xizmat ko’rsatish;
- Avtomobil kuzov ishlari;
- Avtomobil elektr va elektron jihozlari hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish;
- Avtomobil va dvigatellarni diagnostika qilish va ularning ekspluatasiyasi kabi bilim va ko’nikmalar o‘qitiladi.
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Mehnat bozoridagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchilarga bo‘lgan talabning yuqori ekanligi va ushbu kasb egalariga nafaqat O‘zbekistonda, balki chet davlatlarda ham ehtiyoj kun sayin ortib borayotganligini inobatga olgan holda shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinli bo‘lardiki, bu sohaning yuksak malakali mutaxassisi hech bir joyda ishsiz qolmaydi.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
Ushbu kurs o‘z ichiga, uning yuragi bo‘lmish ta’mirtalab bo‘lgan dvigatellarni soz holga keltirish hamda unga elektr ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va avtomobillarga to‘g‘ri diagnoz qo‘yish kabi ko‘nikmalarni tinglovchilarga yuqori sifatda, amaliyot bilan boyitilgan holda o‘rgatishdan iborat.
Kurs sizga nima bera oladi?
Kurs amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirgan holda, eng so‘nggi zamon talablariga javob beradigan jihoz va uskunalar yordamida, qisqa muddatda, yetarli malaka bera oladi. Kurs yakunlangandan so’ng o‘quvchilar to‘liq amaliy bilimga ega bo‘lib, istalgan turdagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsata oladigan mahoratli mutaxassisga aylanishadi. O‘zlashtiriladigan ko‘nikmalar: Avtomobillarga elektr ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, diagnostika, balansirovka, injektor va avtovakum.




