Xorijiy tillar kursida:
- Ingliz, Rus, Yapon tillari mavjud
- Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni migrantlarga mo‘ljallangan 3 oylik maxsus til kurslarida O‘qitish;
- Bunda xorijiy davlatlarning qonunchiligi, madaniyati va mehnat qilish sharoitlarini o‘rgatish hamda boshqa kerakli ma’lumotlar berish bo’yicha moslashtirish;
- Band bo‘lmagan aholi, ayniqsa yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishi va bo‘sh vaqtlari yuzasidan murojaatlarini hisobga olib, haftada 2-3 kunlik maxsus kurslar tashkli etish ishlari amalga oshiriladi.
Ingliz tili
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Dunyodagi har 5 kishidan biri ingliz tilida gapira oladi, 50 dan ziyod mamlakatda ingliz tili rasmiy yoki asosiy aloqa tillaridan biri hisoblanadi. Bu kurs chet elda yoki o‘z yurtimizdagi chet el kompaniyalarida daromadli ish topish imkoniyatini beradi. Ingliz tilini bilgan har qanday kasb egasi korxonaning asosiy personalaridan biriga aylana oladi. Bundan tashqari, muayyan kasb egalari, o‘z kasblariga oid ma’lumotlardan internet tarmoqlarida keng ko‘lamda foydala olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
Ushbu o‘quv kursi tinglovchilarga ingliz tilida erkin muloqot qila olish, chet tilida anketalar to‘ldira olish, kasb yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa taqdimotlar qilish hamda xorijiy tildagi taqdimotlarni tushunishga va tushuntirishga o‘rgatadi. Har bir yo‘nalishdagi tinglovchilarga o‘z sohalari bo‘yicha terminlarni, jihozlarning qo‘llanmalarini erkin tushuna olish imkoniyati o‘rgatiladi.
Kurs sizga nima bera oladi?
Kurs tinglovchilarga ingliz tili va madaniyati to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumot berish orqali ularning dunyoqarashini kengayishiga sabab bo‘ladi. Xorijiy til ko‘nikmasiga ega bo‘lish har qanday insonda o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi va bitiruvchilarning kelajakdagi karyerasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Rus tili
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
1. Nutq faoliyatining har xil turlari (gapirish, o‘qish, tinglash, yozish) bo‘yicha rus tilini bilish darajasini oshirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun.
2. Rossiyaga mehnat faoliyatini davom ettirishni rejalashtirganlar uchun.
3. Rossiya universitetlarida oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
Kursda qisqa vaqt ichida rus tilida gapirishni, o‘qishni va yozishni o‘rganishingiz mumkin. Kurs davomida siz har qanday hayotiy vaziyatga mos keladigan katta miqdordagi so‘zlar va so‘zlashuv ibora- larini o‘rganasiz. O‘qituvchilar har bir talabaga individual yondashishni kafolatlaydi va barcha talabalar istisnosiz dars davomida munozaralarda faol ishtirok etish imkoniyati ega bo‘lishadi.
Kurs sizga nima bera oladi?
Bizning standart kursimiz amaliy rus tilining barcha sohalarida gapirish, o‘qish, yozish, tinglash qobiliyatlarini teng ravishda rivojlantirishga mo‘ljallangan. Trening shunday tashkil etilganki, o‘quvchilar doimiy ravishda olingan nazariy bilimlarini real holatlarga yaqin vaziyatlarda (aloqa mashqlari shaklida) amalda sinaydilar. Shuning uchun o‘quvchilarimiz tezda gapira boshlaydi va til to‘sig‘ini osonlikda yengib o‘tadilar.
Yapon tili
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, har bir fuqaroning biror-bir chet tilini bilishi, uning mehnat qilish jarayonidagi ustunligini ta’minlaydi. Yapon tilini mukammal o‘rgangan ishsiz fuqarolar uchun Yaponiya davlatiga o‘qishga va ishga ketishi uchun keng yo‘l ochib berilmoqda.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
Yapon tili kursiga qatnashuvchi tinglovchilar yapon tilini o‘rganish bilan birgalikda uning madaniyati, tarixi, urf-odatlari haqida ham tushunchaga ega bo‘lishadi. Dars mashg‘ulotlarida fonetika, grammatika, so‘zlashuv, eshitib va o‘qib tushunish ko‘nikmalari a’lo darajada o‘rgatiladi. Darslarni mahalliy o‘qituvchilar bilan birgalikda, xorijiy o‘qituvchilar hamkorlikda olib boradi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun, darslar onlayn tarzda olib boriladi.
Kurs sizga nima bera oladi?
Kursni yakunlagan tinglovchilarga yapon tilini bilish darajasiga qarab, sertifikat beriladi. Yapon tili va kasbiy malaka test markazi tinglovchilar uchun yapon tilini tez sur’atlarda o‘rganish imkoniyatini beradi. Kursni tamomlagan tinglovchilar yapon tilida erkin muloqot qilish mahoratiga ega bo‘ladilar.















