Искать:

Nima uchun bu kursni o’rganish kerak?

Raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuter grafik dasturlari dizayneri kasbiga bo‘lgan talab tez sur’atda ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari sohasi tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlarda mehnat faoliyatini yuritishning eng ustun jihatlaridan biri bu masofadan turib daromad topa olish imkoniyatidir.

O’quv kursiga nimalar kiradi?

3 oy davomiylikdagi ushbu kurs o‘z ichiga bir nechta grafik dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oladi. Jumladan, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator AutoCad, 3D max kabi grafik dasturlar bilan ishlash, shuningdek, Web-dizayn hamda Web-dasturlash yo‘nalishlaridan ham ko‘nikmalar berib o’tiladi.

Kurs sizga nima bera oladi?

Kurs yakunlangandan so‘ng yakuniy malaka imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat beriladi va bu sertifikat orqali O‘zbekiston hududida yoki boshqa davlatlarda ham grafik dasturlar dizayneri sifatida mehnat faoliyatini boshlash imkoniyati mavjud. O‘z dizaynerlik portfoliosini yaratish va boyitib borish orqali daromad ko‘rish mumkin.