Искать:

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Tadbirkorlik faolyatini     qanday amalga oshirishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni xal qilish yo‘llarini, qaysi vaziyatlarda amaliy xarakatlar qilishni hamda qanday qilib muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llarini bilib olish uchun ushbu kursni o‘rganib olish kerak

O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?

Tadbirkorlikning mohiyati, tadbirkorlik turlari va tashkiliy shakllari, tadbirkorlikda xaridni amalga oshirish jarayonlari, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan muomalaga kirishish hamda foyda keltiradigan takliflarni ishlab chiqish, zaxiradagi xaridlarni boshqarish usullari, biznes reja tuzish, korxona ochish tartibi marketing, startap va moliyalashtirish manbalari kabi jarayonlar o‘rgatiladi.

Kurs sizga nima bera oladi?

Tadbirkorlik asoslari bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘nikmalarni beradi. Tinglovchilar o‘rgangan kasbi bo‘yicha tadbirkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tinglovchilarga beriladigan biznes motivatsiya ularning startap g‘oyalari ustida ishlashiga turtki bo‘ladi.