Искать:

Ayollar va erkaklar sartaroshi kasbida:

  • Teri va sochlarning tuzilishi;
  • Soch kesish uchun asosiy texnologik jarayonlar;
  • Soch davolash uchun texnologik jarayonlar ketma-ketligi;
  • Qabul qilingan gigiena va sanitariya qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;
  • Sartaroshlik jihozlarini tanlash va joylashtirish;
  • Ish paytida ishlatiladigan asboblar va anjomlar ishlash qoidalari;
  • Soch turmagini yaratish talablari va tegishli texnologik normalar;
  • Kimyoviy aralashmalarni tayyorlash hamda ularning teri va sochlarga ta’siri;
  • Zamonaviy moda yo’nalishlari;
  • Parik (yasama soch) mahsulotlari bilan ishlash texnologiyasi;
  • Sartaroshning o’zini tutish etikasi;
  • Mijozlar bilan muomala qilishda asosiy qoidalar, muloqot etikasi va shaxslararo psixologiya asoslarini bilish kabi bilimlar beriladi.

Ayollar sartaroshi

(Erkaklar sartaroshligi kasbi tashkillashtrilayabdi)

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Ayol bor joyda go‘zallikka bo‘lgan ehtiyoj doim mavjud bo‘lib kelgan. Nafaqat tadbirlar yoki to‘y marosimlari, balki kundalik hayotda ham ayollarimiz o‘zlarining soch turmaklariga e’tibor berishlari o‘rinlidir. Mamlakatimizning chekka hududlarida ham, ayollar sartaroshi bo‘yicha ko‘chma salonlar tashkil qilinmoqda. Bu o‘z-o‘zidan ushbu kasb egalariga bo‘lgan talabni oshiradi. Shuning uchun ham ayollar sartaroshi kasbini o‘rganish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?

  • 1. Soch qirqish usullari;
  • 2. Soch turmaklari;
  • 3. Soch bo‘yash (koloratsiya);
  • 4. Qosh terish va bo‘yash;
  • 5. Yuz tozalash;
  • 6. Makiyaj va boshqalar.

Kurs sizga nima bera oladi?

Kursni tamomlagan tinglovchilar mustaqil ishlay oladi, o‘z biznes faoliyatini amalga oshiradi va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishadi. Jahon tajribasidan foydalangan holda tinglovchilarga xorij davlatlarida urfda bo‘lgan soch turmaklarini o‘rgatish orqali ularga chet davlatlarida ham ishlash uchun xohish paydo qilinadi. Shu bilan birgalikda, milliy soch turmaklarini jahon miqyosiga olib chiqish motivatsiyasi ham beriladi.