Искать:

Elektr ustasi kasbida:

  • Qurilmalarning nomlari va maqsadlari;
  • O’rnatish paytida ishlatiladigan asbob va moslamalardan foydalanish maqsadi va qoidalari;
  • Yelimlash, moylash, burg’ulash va boshqa ishlarni bajarish uchun montaj asboblari, moslamalar va turli xil jihozlarning ishlatilishi;
  • O’zi bajaradigan ish doirasida elektrotexnika va elektromexanika asoslarini bilish;
  • O’rta murakkablikdagi elektr zanjirlarini chizmalar, eskizlar va namunalarga muvofiq montaj qilish;
  • O’rnatilgan elektron skobalarni Ko’rsatish;
  • Magnit stansiyalar, boshqaruv ponellari, bloklar va qurilmalarni boshqarish;
  • Shinalarni ulash, o’rnatish va yelimlash kabi jarayonlar o’rgatiladi..

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Elektrik kasbi mehnat bozorida eng talab yuqori bo‘lgan kasblardan biri hisoblanadi. Nafaqat sanoat korxonalarida, balki kundalik hayotimizda ham elektrikka bo‘lgan talab yuqori. Shuning uchun ham, elektrik kasbini har bir fuqaro o‘qib o‘rganishi foydadan holi bo‘lmaydi. Hozirda mamlakatimizda quyosh nuridan elektr energiya olish stansiyalari barpo etilmoqda. Bu esa elektrik kasbi egalariga bo‘lgan talabni oshiradi.

O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?

Tinglovchilarga uy elektromontaji, tranzistorlar, mikrosxemalar, elektr o‘lchash usullari, elektr zanjir, raqamli o‘lchash asboblari, cho‘lg‘am o‘rash, transformatorlarning tuzilish va ishlash tamoyillari va shu kabi kasbiy ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

Kurs sizga nima bera oladi?

Tinglovchilarga World Skills talablari to‘liq o‘rgatiladi. Kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga skills pasporti beriladi. Monomarkazda joylashgan malakani baholash markazi orqali tinglovchilarga kvalifikatsiya toifasi beriladi.