Uqalovchi kasbida:
- Sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish;
- Uqalash muolajalarida ishlatiladigan xom ashyoni to‘g‘ri tanlash;
- Massaj muolajalarida usullarni to‘g‘ri tanlash va bajarish;
- Massaj muolajalarining sifatini nazorat qilish;
- Massaj tizimlari spesifikasi, massajning inson organizmiga bo‘lgan ta’siri va uni ishlatish zaruriyati;Mijozning istaklarini tinglash;
- Inson tanasining turli joylariga qilinadigan massaj turlari va texnikasi, massaj vositalari;
- Massaj xonasi va uskunalarini gigiena jihatidan tashkillashtirish, infeksion nazorat o’rnatish;
- Uy sharoitida massaj o‘tkazish texnikasi;
- Bolalar va o‘z-o’zini massaj qilish texnikasi;
- Yuz qismini, bosh va tananing boshqa qismlarini massaj qilish usullari, sharqona, bankali, asalli massaj va limfadrenaj usullar o‘rgatiladi.
Nima uchun ushbu kursni o’rganish kerak?
1. O‘zining salomatligini qayta tiklash va saqlash uchun;
2. Mehnatdan so‘ng energetik quvvatni kerakli paytda,
yetarlicha, qisqa muddatda qayta tiklash uchun;
3. Salomatligini yo‘qotgan bemorlar uchun;
4. O‘zini o‘zi ish bilan band qilib iqtisodiy ahvolini
tiklash uchun;
O’kuv kursi o’z ichiga nimalarni oladi?
1. Inson organizmi anotomiyasi va fiziologiyasining
qisqacha kursi haqida ma’lumot;
2. Uqalovchiga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar;
3. Turli kasalliklarda massaj qilish usullari;
4. Bolalarda massajga ko‘rsatma va qarshi kor‘satmalar.
5. Massajni fizioterapevtik muolajalar bilan birga olib
borish va uning ahamiyatlari;
Kurs sizga nimalarni bera oladi?
1. Kattalar massaji bilan birgalikda bolalar massaji ham o‘rgatiladi; 2. Mamlakatimizning chekka hududlarida ham ushbu sohani rivojlantirish uchun uzoq masofadan kelib o‘qiydigan fuqarolar kurs yakunlangan so‘ng o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari mumkin bo‘ladi; 3. Uy sharoitida oila a’zolaringizga uqalash muolajalarini yuqori sifatda amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi




