Искать:
Mushtariy Khasanova Baku shahrida oʻtkazilayotgan World skills kasblar festivalida faxrli 3-o’rinni egalladi.

16-20 iyul kunlari Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazining ”Oshpaz” kasbi muhandis-ustasi ekspert Noila Murodovaning tinglovchisi Mushtariy Khasanova Ozarbayjon davlatining Baku shahrida oʻtkazilayotgan World skills kasblar festivalida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etdi hamda faxrli 3-o’rinni egalladi.

Tatariston Respublikasi delegatsiyasining Samarqand shahridagi «Ishga marhamat» monomarkaziga tashrifi.

Joriy yilning 21-iyun kuni Samarqand monomarkaziga Germaniyaning «CBZ München» jamoasi vakillari F Kohler, Dr Zettl hamda boshqa 🇩🇪 Germaniya Ish beruvchilari AKEON GmbH korxona vakili Thomas Scholz, Herrenknecht Joriy yilning 04-iyul sanasida Tatariston Respublikasi mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri E.A.Zaripova boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida bo’ldi.
Delegatsiyada Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vazirining birinchi o’rinbosari K.R.Mixaylovich, Tatariston Respublikasi qurulish, arxitektura va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining o’rinbosari G.I.Saxapovich, hamda Tatariston Respublikasining Yirik ish beruvchi korxonalari vakillari («KAMAZ» XAJ, «Ak Bars Development» qurilish kompaniyasi, «Artex Stroy Projekt» qurilish korxonasi, «Metroelektrotrans» transport qurilish korxonasi) monomarkaz faoliyati bilan tanishdi.
Endilikda monomarkazda kasb o’rganib Tatariston Respublikasining YIRIK ish beruvchilari bilan shartnoma qilgan holda davlat tomonidan Ishga borish imkoniyati yaratildi.

ENDI MONOMARKAZ BILAN GERMANIYA YANADA YAQIN!

Joriy yilning 21-iyun kuni Samarqand monomarkaziga Germaniyaning «CBZ München» jamoasi vakillari F Kohler, Dr Zettl hamda boshqa 🇩🇪 Germaniya Ish beruvchilari AKEON GmbH korxona vakili Thomas Scholz, Herrenknecht korxonasi ish beruvchisi Frau Krivitseva, Residenz Stellen (Qariyalar uyi vakili) kelishdi. Mehmonlar uchun monomarkazda mavjud imkoniyatlarni to’laqonli ko’rsatib berish maqsadida Ekskursiya tashkil etildi va markazdagi «Ausbildung-Nemis tili» Intensiv kursi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Ayollar sartaroshi, vizajist

Endilikda, Monomarkazda BEPUL “Ayollar sartaroshi, vizajist” kasbini o’rganishingiz mumkin! Kasb 70+% amaliy o’rgatiladi! Eng SERDAROMAD kasblardan birini TEKINGA o’rganish imkoniyatidan foydalaning!

✅ Kunduzgi va tungi soch turmaklari
✅ Kunduzgi va tungi makiyaj
✅ Kalarasiya
✅ Ximiya
✅ Qosh, yuz terish

Shu kabi imkoniyatlardan doimiy xabardor bo’lib borish uchun rasmiy kanalga a’zo bo’lib qo’ying:

Tojikistonning Border Management Programme in Central Asia (BOMCA) kompaniyasi loyiha menejeri Zulfiya Sibagatulina va mutasaddi xodimlar Samarqand shahridagi »Ishga marhamat» monomarkazida bo’lishdi.

Tojikistonning Border Management Programme in Central Asia (BOMCA) kompaniyasi loyiha menejeri Zulfiya Sibagatulina va mutasaddi xodimlar Samarqand shahridagi »Ishga marhamat» monomarkazida bo’lishdi.

Delegatsiyaning maqsadi monomarkaz faoliyatini o’rganish va o’zaro tajriba almashish.