ENDI MONOMARKAZ BILAN GERMANIYA YANADA YAQIN!
Joriy yilning 21-iyun kuni Samarqand monomarkaziga Germaniyaning «CBZ München» jamoasi vakillari F Kohler, Dr Zettl hamda boshqa 🇩🇪 Germaniya Ish beruvchilari AKEON GmbH korxona vakili Thomas Scholz, Herrenknecht korxonasi ish beruvchisi Frau Krivitseva, Residenz Stellen (Qariyalar uyi vakili) kelishdi. Mehmonlar uchun monomarkazda mavjud imkoniyatlarni to’laqonli ko’rsatib berish maqsadida Ekskursiya tashkil etildi va markazdagi «Ausbildung-Nemis tili» Intensiv kursi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.




