📍 Samarqand shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🩺 Bugun markazimizda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va OITS (OIV/VICh) infeksiyasining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
👩⚕️ Mutaxassislar tomonidan:
🔹 OITS kasalligining tarqalish yo‘llari,
🔹 Uning oldini olish choralari,
🔹 Doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati,
🔹 Jamiyatda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
👨🏫 Uchrashuvda markaz hodimlari hamda tinglovchilari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.



